“Uzbek Tigers”ning Kolumbiyaga boradigan tarkibi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruh bosqichida “Uzbek Tigers” jamoasi Amerika mintaqasi jamoalari “Cuba Domadores”, “Colombia Heroicos” va “Caciques Venesuela” jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Tecno

O‘zbek jamoasi guruhdagi 4-tur uchrashuvini safarda Kolumbiya jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Janglar 23 mart kuni Soledadda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur janglarda jamoalarning C1 guruhi bokschilari o‘zaro kuch sinashadi.

Unda quyidagi bokschilar tarkibdan o‘rin olishgan:

49 kg: Mironshoh Ibragimov

56 kg: Shahobiddin Zoirov

64 kg: Iqboljon Xoldorov

75 kg: Isroil Madrimov

-91 kg: Sanjar Tursunov

Shuningdek, zaxira tarkibiga Odiljon Aslonov va Sardor Yormuhamedov kiritilgan.

Jamoaga murabbiylar shtabidan Tщlyin Qilichev, Rahmatjon Ro‘zioxunov va Ravshan Xo‘jaev o‘rin olishgan.

Hozirda “Uzbek Tigers” 3 ta jang o‘tkazib, safarda “Cuba Domadores” (5:0) imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, o‘z maydonida revansh oldi (4:1) va “Colombia Heroicos” jamoasini ham xuddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, “Uzbek Tigers” guruhning 5- va 6-turlarini Venesuelaning “Caciques Venesuela” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. S1 va S2 guruh bokschilari ishtirokida har ikkila uchrashuv ham 6-7 aprel kunlari Termiz shahrida tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!