
V-Osiyo o‘yinlari mash’alasini kurashchilar yoqadi
Xabaringiz bor, 17-27 sentyabr kunlari Turamaniston poytaxti Ashxobod shahrida Yopiq inshootlardagi va jang san’ati turlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.
Musobaqa tashkiliy qo‘mitasidan SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, ushbu musobaqa mash’alasini yoquvchi sportchi nomi aniq bo‘ldi.
Ushbu vazifa borasida kurash bo‘yicha -60 kg vazn toifasida Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi Shomuhammad Qurbonovga ishonch bildirilgan.
Qayd etish lozim, musobaqa ochilish marosimi 17-sentyabr kuni Ashxoboddagi Olimpiya stadionida o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida ushbu musobaqada Osiyo va Okeaniya mintaqalaridan 62 ta mamlakat vakillari ishtirok etishadi.
Shuningdek, tashkiliy qo‘mitaning ma’lumotlariga qaraganda, V Osiyo o‘yinlariga Osiyodan 30 ta va Okeaniya mintaqasidan 8 ta mamlakat kurashchilari gilamga chiqishadi.
Fikrlar