Vadim Afonin 2 ta gol kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi

  • 21 aprel, 2018, 18:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Milliy Futbol ligasida 34-tur o‘yinlari  start oldi. Hamyurtimiz Vafim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” klubi o‘z maydonida Sankt-Peterburgning “Dinamo”sini qabul qildi.

Tecno

Mazkur o‘yin avvalida mehmonlar hisobda 2:0 hisobi bilan oldinga chiqib olgan bo‘lsalarda, yakunda “Orenburg” futbolchilar iroda ko‘rsatib, 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, Afonin 36-daqiqada hisobni qisqartirgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmas hamyurtimiz yana bir bor “katta sahna”ga chiqdi va jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Bugungi g‘alabadan so‘ng “Orenburg” jamg‘argan ochkolar soni 74 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Rossiya Milliy Futbol Ligasi. 34-tur

“Orenburg” – “Dinamo” Sankt-Peterburg 4:3 (2:2, 2:1)

Gollar: Afonin (36, 41), Terexov (88), Delkin (89) – Kireenko (25, Barsov (31), Kulishev (56 penaltidan).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!