"Valensiya" "Barselona"ga qarshi bahs oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi
"Valensiya" klubi himoyachisi Xose Gayya La Liganing navbatdagi turida "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli futbolchi o‘ng oyoq tizzasidan jarohat olgan.
Ma’lumot uchun, Gayya joriy mavsum “ko‘rshapalaklar” safida jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Valensiya” o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Fikrlar