"Valensiya": Cherishev Rossiya terma jamoasidan jarohat bilan qaytgan

  • 21 oktabr, 2018, 18:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Valensiya" klubi kecha "Leganes"ga qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan vinger Denis Cherishevning holati borasida gapirib o‘tdi.

“Cherishev Rossiya terma jamoasidan chap oyog‘ida biroz jarohat bilan qaytdi. U o‘yinning 16-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. U stadionning o‘zidayoq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Unda pay mushaklari bilan bog‘liq jarohat aniqlandi. Cherishev terma jamoa safida aynan mana shu joyiga zarba qabul qilib olgan”, - deyiladi “ko‘rshapalaklar”ning rasmiy bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!