"Valensiya" La Liga tarixida antiqa rekord qayd etdi
Xabaringiz bor bugun "Valensiya" La Liganing 25-turida "Leganes" maydoniga safar uyushtirdi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
E’tiborlisi, bu “ko‘rshapalaklar” uchun joriy mavsum chempionatdagi 15-durang bo‘ldi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra “Valensiya” dastlabki 25ta turda 15ta durang qayd etgan La Liga tarixidagi ilk jamoaga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, “Valensiya” ayni damda musobaqa jadvalida 8-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar