"Valensiya" La Ligada vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha eng yomon ko‘rsatgichni qayd etmoqda

  • 13.01.2019 12:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha "Valensiya" La Liganing 19-turida "Valyadolid" (1:1) bilan durang qayd etdi.

Opta Sports tarqatgan xabarga qaraganda “ko‘rshapalaklar” mavsum boshidan buyon vaziyatlarni golga aylantirish borasida eng yomon ko‘rsatgichga ega bo‘lib turibdi. “Valensiya” futbolchilari umumiy hisobda raqib darvozasi tomon 263ta zarba yo‘llashdi. Biroq, ularning bor yo‘g‘i 17tasigina gol bilan yakunlandi. Vaziyatlarni golga aylantirish esa foiz hisobida 6,5 foizni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Valensiya” ayni damda musobaqa jadvalida 23 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!