"Valensiya" Rodrigoni faqat bir shart bilan "Real"ga sotadi
"Valensiya" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Rodrigoni "Real"ga faqat bir shart evaziga sotishini e’lon qildi.
SkySports tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘rshapalaklar” qachonki “qirollik klubi” 27 yoshli futbolchi uchun ularga 120 million evro to‘lashsa, shunda uni "Santyago Bernabeu"ga qo‘yib yuborishadi.
Ma’lumot uchun, Rodrigo o‘tgan mavsum “Valensiya” safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 19ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Rodrigo asli “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar