"Valensiya" himoyachisi mavsumni "Barselona" safida yakunlaydigan bo‘ldi

  • 20.12.2018 19:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Valensiya" himoyachisi Jeyson Murilo mavsumning qolgan qismini "Barselona" safida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 26 yoshli kolumbiyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar “ko‘rshapalaklar”dan ijaraga olishadi. Bu borada klublar o‘zaro kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “Barsa” Muriloning yarim yillik ijarasi uchun “Valensiya”ga 2 mln evro to‘laydi. Ijara muddati yakuniga etgach esa “ko‘k-anor ranglilar”da uni 25 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi bo‘ladi.

Aytish lozimki, Murilo joriy mavsum “Valensiya” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti. O‘z navbatida “Barselona” Samuel Umtiti hamda Tomas Vermalenlarning uzoq muddatga safdan chiqishgani sabab uni ijaraga olishga majbur bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!