Valentin Kovalenko OChL 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan "Shandun Lunen" - "Xanoy T&T" uchrashuvni boshqaradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz Valentin Kovalenko 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionlar ligasi 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan Xitoyning "Shandun Lunen" va Vetnamning "Xanoy T&T" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Temur Gaynullinlar yordam berishadi.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni Toshkentning "Paxtakor" va Olmaliqning "AGMK" jamoalari ham 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlarni o‘tkazishadi. "Paxtakor" BAAning "Al-Nasr" jamoasiga qarshi, "AGMK" esa Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoalariga qarshi kuch sinashishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!