Varan bir oyga safdan chiqdi

  • 30.10.2018 20:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi frantsiyalik himoyachi Rafael Varanning jarohati borasida ma’lum qildi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Varan o‘ng oyoq son mushaklaridan jarohatlangan. Shifokorlarning aytishicha uning safga qaytishi uchun kamida bir oy talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi La Liganing o‘tgan turida “Barselona”ga (5:1) qarshi bahsda jarohat olgan va birinchi bo‘limdan so‘ng zaxiraga olingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!