
Venger: Zidan top darajaga chiqishi uchun Angliyada faoliyat olib borishi darkor
"Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Real" sobiq ustozi Zineddin Zidanga maslahat berdi.
- Zidanni Angliyada ko‘rmoqchiman. Bugungi kunga kelib, top darajadagi mutaxassis bo‘lish uchun APLda faoliyat olib borish kerak deb o‘ylayman.
Shuni aytish joizki, Angliya chempionligi uchun 6ta klub kurash olib boradi. Boshqa ligalarda kim chempion bo‘lishini dekabrda aytish mumkin, Liga 1da esa sentyabrda.
Xozirda, Zidan qiyin ahvolda, u afsonaviy klubni tark etib, ikkinchi o‘rindagi eng kuchli klubga borishi darkor, - dedi Venger.
Fikrlar