
"Vest Xem" Chicharitoning yo‘lini to‘sib qo‘ydi
Londonning “Vest Xem” klubi forvardi Xaver Ernandesning (Chicharito) jamoadagi taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda Chicharito jamoasini o‘zgartirishni xohlamoqda va bu borada xatto “Valensiya” bilan og‘zaki kelishuvga ham erishgan. Biroq, “bolg‘achilar” ushbu transferni hozircha muzlatib qo‘yishdi. Chunki, jamoaning bosha bir forvardi Marko Arnautovichga ham Xitoydan super taklif bo‘lmoqda. Agar ular avstriyalik futbolchini sotib yuborishsa Chicharitoni tarkibda olib qolishadi.
Fikrlar