
"Vest Xem" forvardi uchun "Chelsi" va "Everton" kurash olib bormoqda
"Vest Xem" hujumchisi Marko Arnautovichning akasi, shu bilan birga agenti hisoblangan Daniel Arnautovich boshqa jamoalarning futbolchiga bo‘layotgan qiziqishlari haqida gapirib o‘tdi.
“Marko jamoasini o‘zgartirmoqchi emas, ammo bunday futbolchilar faqat kun o‘tishi uchun yurmasligi kerak. Balkim sovrinlar qo‘lga kiritish uchun oldinga qadam tashlash vaqti kelgandir. Unga hozir ko‘plab jamoalardan qiziqishlar bo‘lmoqda. Masalan “Chelsi” va “Everton”, - deydi agent.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi joriy mavsum hozircha londonliklar safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “Vest Xem” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer bahosi esa 25 mln evro.
Fikrlar