"Vest Xem" o‘ziga La Ligadan zo‘r hujumchi olib kelmoqda

  • 27 yanvar, 2019, 08:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Vest Xem" klubi "Selta" forvardi Maksi Gomesni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “bolg‘achilar” 22 yoshli urugvaylik futbolchi uchun vigoliklarga 50 mln evro to‘lashadi. Boisi, Gomesning shartnomasida aynan mana shuncha tovon puli belgilangan.

“Vest Xem” Gomesni faoliyatini Xitoyda davom ettirishi kutilayotgan hujumchi Marko Arnautovichga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Ma’lumot uchun, Gomes “Selta” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 58ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 28ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!