Viktor Kumikov va Lutfulla To‘raevlar "Neftchi" mag‘lub etilganidan so‘ng nimalar dedi?

  • 5 aprel, 2018, 21:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi” – AGMK bahsidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Viktor Kumikov va futbolchi Lutfullo To‘raevlar ishtirok etishdi. Bu haqda Farg‘ona klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Viktor Kumikov: Birinchi bo‘limni qoniqarli o‘tkaza olmadik. Ikki noaniq zarbadan tashqari deyarli xavfli vaziyat yaratmadik. Shu sababli, tanaffus chog‘ida futbolchilarga kerakli ko‘rsatmalarni bergan holda ikkinchi bo‘limda yana jadalroq harakat qilishlariga chorladim. Navbatdagi bo‘limda o‘yinni to‘liq nazorat qildik va yakunda g‘alabaga erishdik.

Lutfullo To‘raev: Murabbiyning fikrlariga qo‘shilaman. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. Ikkinchi taym oldidan yigitlarni ruhlantirishga urindim. Raqibdan qo‘rqmasdan oldinga borish kerakligini uqtirdim. G‘alabadan esa xursandman.

- Lutfillo, ikkinchi bo‘limda mehmonlar ko‘proq faol ko‘rindi. AGMK nimani hisobiga g‘alabaga erishdi ?

- Tanaffusda yigitlarga ancha gapirdim. Xarakter ko‘rsatishga harakat qildik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!