Villian: Men "Chelsi"da baxtiyorman

  • 6 avgust, 2018, 12:24
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Chelsi" klubi yarim himoyachisi Villian jamoani tark etmasligini aytib o‘tdi.

- "Chelsi" safida bo‘lganimdan baxtiyorman. Maydonda yaxshi harakat qilib musobaqalarda g‘alaba qozonishni istayman. Mashg‘ulotlarni endi boshlaganligimga qaramay o‘zimni yaxshi his etyapman. Oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishimiz darkor. Yangi mavsumda ko‘proq turnirlarda g‘alaba qozonishimiz lozim.
Xabaringiz bor, jamoamizga o‘zgacha fikrlaydigan yangi murabbiy kelgan, shu sababdan ham mashg‘ulotlarda ko‘proq mehnat qilishimiz kerak,
 - deya Villianning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mail nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!