
Villian muxlislardan kechirim so‘radi
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Villian kecha JCh-2018ning chorak finalida Belgiyadan (2:1) uchralgan mag‘lubiyat uchun muxlislardan kechirim so‘radi.
“Biz juda qattiq xafamiz. Ushbu mag‘lubiyatni qabul qilishimiz qiyin bo‘lyapti, chunki biz ushbu musobaqada kamida finalga qadar etib borishni maqsad qilgan edik. Fursatdan foydalanib butun braziliyalik muxlislardan kechirim so‘rayman, ular bizdan ko‘prog‘ini kutishgan edi”, - deydi Villian.
Fikrlar