Vodilda kurash bayrami bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Farg‘ona tumanidagi Vodil qishlog‘ining "Chinor tagi" madaniyat va istirohat bog‘ida an’anaviy kurash bayrami bo‘lib o‘tmoqda. Kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha o‘tkazilayotgan respublika ochiq turnirida qo‘shni davlatlar - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston polvonlarining ham ishtirok etayotganligi bayramga yanada fayz bag‘ishlab turibdi. Kurashchilar orasida ommaga mashhur bo‘lgan Hamid hamda Temir polvonlar xotirasiga uyushtirilayotgan mazkur turnirda 8 ta vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tyapti. Ayollar esa sportning kurash turi bo‘yicha 3 ta vazn toifasida davraga tushadilar.
Ilhom RAHMONOV, Sports.uz portali uchun maxsus.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

Fikrlar