Voleybolchi qizlar Rossiya chempionatida raqobatlashdi
Voleybol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi Rossiya chempionatida to‘qqizinchi tur o‘yinlari qiziqarli uchrashuvlarga boy o‘tdi.
Unda «Enisey» jamoasi qizlari «Saxalin» jamoasini – 3 0 (25:20, 25:19, 25:21) hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Dinamo-Metar» va «Dinamo Krasnodar» o‘rtasidagi o‘yin – 3 1 (20:25, 25:18, 25:22, 25:23) hisobida yakunlandi.
«Leningradka» kutilmaganda o‘z uyida «Dinamo Moskva»ga 0 3 (23:25, 20:25, 12:25) hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, «Dinamo-Kazan» o‘z maydonida «Proton»ni 3 0 (25:18, 25:11, 25:13) hisobida taslim qilgan bo‘lsa, «Zareche-Odinsovo» va «Uralochka» uchrashuvi 1 3 (25:19, 19:25, 18:25, 23:25) hisobida tugadi.

Fikrlar