
“Volfsburg”ni futbolchilar birin-ketin tark etmoqda yoxud Rodrigesni Milanda kutishyapti
Milanning “Inter” klubi “Volfsburg” himoyachisi Rikardo Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Hozirda 24 yoshli shveytsariyalik futbolchi Evropaning bir qator nomdor jamoalarining e’tiboriga tushgan. Ayni shu sababli ham “neradzurrilar” Rodriges bilan tezroq shartnoma imzolashni hoxlashmoqda.
Italiyalik mashxur jurnalist Janluka di Martsioning ma’lum qilishicha “Inter” Rodriges uchun 22 million evro taklif qilgan. Transfermarkt nashri esa futbolchini 25 millionga baholagan.
Ma’lumot uchun, Rodriges ushbu mavsum 17ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Avvalroq Yulian Draksler “Volfsburg”ni PSJga almashtirgan bo‘lsa, keyinroq Luis Gustavoning ham “bo‘rilar” safidan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar