WBC kamari sohibi Uaylderga raqib topildi
Amerikalik bokschi Dominik Brizil super og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylderning navbatdagi jangiga asosiy nomzod bo‘lib turibdi, deya xabar beradi Boxing News 24 nashri.

Manbada yozilishicha, jang 2018 yilda bo‘lib o‘tadi. Entoni Joshua va Uaylder o‘rtasidagi qarama-qarshilik hozircha 2019 yil 13 apreliga rejalashtirilgan, biroq Uaylder bir yil davomida ringga chiqmasa, WBC kamaridan mahrum qilinishi mumkin va Entoni Joshuaga qarshi qilish imkoniyatini yo‘qotadi.
Shuningdek, Uaylder uchun yana bir raqib reytingda uchinchi raqamli bokschi Aleksandr Povetkin edi, ammo rossiyalik sportchi galdagi jangini Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazadi va u yaqin vaqt ichida Uaylder bilan uchrashmaydi.
Fikrlar