WBSS chorak final bahslari yakunlandi
AQShning Chikago shahrida Butun jahon boks superseriyasi (WBSS) turniri chorak final uchrashuvlari o‘z yakuniga etdi.
Polshalik Kshishtof Glovatski rossiyalik Maksim Vlasovni hakamlar qaroriga (118-110, 117-110, 115-112) ko‘ra mag‘lub etib WBO vaqtinchalik chempioniga aylandi. Shu qatori, Vlassov professional boksda 45 uchrashuvda ishtirok etib 3 mag‘lubiyatga uchragan.
Aytib o‘tish joizki, Glovatski yarim finalda latviyalik Mayris Briedisga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar