
WSB yangi mavsumida "Uzbek Tigers" sharafini himoya qiladigan bokschilar bilan tanishing
Ma’lumki, joriy yilning fevral oyidan Butunjahon boks seriyalari (WSB) turnirining navbatdagi sakkizinchi mavsumiga start beriladi.
Uch mintaqaga bo‘lingan turnirda o‘zbek jamoasi “Uzbek Tigers” bu mavsumda Amerika jamoalari “Colombia Heroicos” (Kolumbiya), “Cuba Domadores” (Kuba) va “Caciques de Venezuela”(Venesuela) bilan bir guruhdan o‘rin olgan.
> “Cuba Domadores”ga qarshi tarkib bilan tanishing
“Uzbek Tigers” jamoasining VIII mavsumi uchun tarkibga kiritilgan bokschilari |
|
49 kg: |
69 kg: |
52 kg: |
75 kg: |
56 kg: |
81 kg: |
60 kg: |
91 kg: |
64 kg: |
+91 kg: |
Jamoamiz bu mavsumda ilk uchrashuvni safarda 9-10 fevral kuni o‘tgan mavsum finalchisi kubalik bokschilarga qarshi o‘tkazsa, guruhdagi ikkinchi jangda ham shu jamoa bilan kuch sinashadi. Jang 23-24 fevral kuni O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
WSB VIII mavsum guruhlari bilan tanishing:
Osiyo mintaqasi
“China Dragons” (Xitoy)
“Indian Tigers” (Hindiston)
“Astana Arlans” (Qozog‘iston)
“Patriot Boxing Team” (Rossiya)
Evropa mintaqasi
“France Fighting Roosters” (Frantsiya)
“British Lionhearts” (Buyuk Britaniya)
“Italian Thunder” (Italiya)
“Croatian Knights” (Xorvatiya)
Ma’lumot uchun: O‘tgan mavsumda “Uzbek Tigers” guruh bosqichini Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya vakillari bilan o‘tkazgan va ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqqandi. Jamoa chorak finalda “Cuba Domadores” sportchilariga 3:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Yakunda Qozog‘istonning “Astana Arlans” jamoasi “Cuba Domadores” jamoasini enggan va musobaqada uchinchi bor zafar quchib, WSB rekordini o‘rnatgandi.
Fikrlar