Xabib Nurmagomedov: "Anji"ga sabr tilayman
Xabaringiz bor bundan avvalroq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Rossiya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan “Anji” – TsSKA (0:2) bahsiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. U maxachkalaliklarning moliyaviy inqirozi haqida ham gapirib o‘tdi.
- Siz o‘yindan oldin ham, o‘yindan keyin ham “Anji”ning kiyinish xonasiga kirdingiz. U erda futbolchilarga nimalar dedingiz?
- Kim sizlarga bugun oson bo‘ladi deb aytdi?. Sport – bu har doim og‘ir. Bu erda hamisha sabr-toqatli bo‘lishingiz lozim. Qaerdadir ruhiyat kuchli bo‘lishi kerak, qaerdadir aql kerak. Ba’zan esa ikkalasi ham kerak bo‘ladi. Sportda g‘alaba va mag‘lubiyat doimo yonma-yon. Ayniqsa, bunday yuqori darajadagi futbol o‘yinlarida.
- Siz klubdagi vaziyatni kuzatib borayotganingiz aniq. Bu borada nimalar deya olasiz?
- Men hali hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman. Qarang, qancha insonlar ushbu jamoani yaxshi ko‘rishadi, qancha ishqiboz bugun stadionga tashrif buyurdi. Men “Anji”ga barcha ezgu tilaklarimni tilayman. Eng muhimi – sabr.
Fikrlar