Xabib Nurmagomedov: Fergyuson ajoyib jangchi, ammo aqli yo‘q
Avvalroq xabar berganimizdek, rossiyalik aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Xabib Nurmagomedov o‘zining navbatdagi jangini 7 aprel kuni engil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioni Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi. Bu jang mutloq jahon chempionligi uchun bo‘ladi.
Ushbu bahs oldidan Xabib raqibi haqida o‘z fikrini aytib o‘tdi.
– Toni juda shafqatsiz jangchi, shu qatori u ajoyib inson. U aralash yakkakurash jang san’atlari tarixida 10 ketma-ket g‘alaba erishganlardan biridir, ammo UFC Fergyusonni hurmat qilmaydi. Fergyuson UFCning vaqtinchalik chempioni.
– Toni Fergyuson ajoyib jangchi, biroq shahs sifatida u aqli yo‘q, – deya Xabibning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BJ Penn.

Fikrlar