Xabib Nurmagomedov: Ikki yillik tanaffus paytida faoliyatimni yakunlashim mumkin edi
UFC engil vazn toifasida chempion Xabib Nurmagomedov 2014-2016 yillardagi faoliyati haqida aytib o‘tdi.
- Bilasizmi, tizzamdan olgan jarohatdan so‘ng tiklandim, biroq hech qancha vaqt o‘tmasdan yana jarohat oldim. Ikki yillik tanaffusdan so‘ng har hil fikrlar bo‘lgan. Shu qatori jang qilishni to‘htatib boshqa bir faoliyatni boshlash. Otamning maslahati bilan ushbu yo‘nalishda harakat qilishni davom etirdim.
Yakkakurashlarda faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng, nima bilan shug‘ullanishim haqida fikr yurutganim yo‘q. O‘ylashimcha, bir kun kelib bu haqida bilib olaman, - deya Nurmagomedovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport-ekspress nashri.
Ma’lumot uchun, Xabib 7 aprel kuni El Yakvintani engib UFC engil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar