Xabib Nurmagomedov: Makgregorni urish menga yoqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov jurnalistlar bilan Avstraliyada o‘tkazilgan uchrashuvda Konor Makgregorga qarshi jang haqida eslab o‘tdi.

Unga qarshi jang qilish menga yoqdi, – deydi Xabib. – Bu juda yaxshi bo‘ldi. Ishoning, kimdir buni uni butunlay boshqacha aytadi. Har gal uning yuziga qarasam, quvonaverardim. Men unga: “Kel gaplashib olamiz”, dedim. Ikkinchi yoki uchinchi raund so‘nggida u menga: “Bu shunchaki biznes”, deb javob qaytardi. U meni tinchlantirishga urinardi, ammo bu sparring emasdi. Biz davom etdik. Balkim u meni inglizcha gaplarimni yomon tushungandir.

Jangdan so‘ng men biroz nazoratni yo‘qotdim. Biz jangdan oldin otam bilan gaplashgandik va u shunday degan edi: “Sen bo‘shashmasliging kerak, uni eshitma. Shunchaki o‘z ishingni qil”. Jangdan so‘ng otam meni koyib bermoqchi bo‘lganda, men unga: “Jangdan keyin nima qilishni suhbatlashmadik. Biz jangdan oldin nima qilishni gaplashdik”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!