
Xalk OChLda to‘purarlik qilmoqda (video)
Kecha Osiyo chempionlar ligasi Sharq mintaqasida yarim final bahslarining ilk o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” klubi o‘z maydonida Yaponiyaning “Urava Reds Daymonds” jamoasini qabul qildi.
Ushbu o‘yinda hisobni Xalk yaponiyaliklar darvozasini ishg‘ol etib ochgan bo‘lsada, mehmonlar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.
Ushbu bahsda so‘ng, Xalkning OChLning bu mavsumida kiritgan gollari sono 9 taga etdi va turnir to‘purariga aylanib oldi. Bundan tashqari, braziliyalik forvard 7 ta golga assistentlik ham qilishga erishgan.
Quyida ushbu o‘yinning videosharhini tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar