Xalqaro kurash assotsiatsiyasi 2016 yilning eng yaxshilarini aniqladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi 2016-yilning eng yaxshilarini aniqladi.

Assotsiatsiya matbuot xizmatining xabar berishicha, 2016 yilgi mavsumda quyidagilar yilning eng yaxshilari deya e’tirof etilishgan.

Yilning eng yaxshi kurashchisi –  Mustafo Dalirian (Eron)

Janubiy Koreyaning Chunju shahrida o‘tkazilgan Jang san’ati turlari festivali g‘olibi va Xitoy Taypeyida o‘tkazilgan Sohil kurashi bo‘yicha Jahon chempionati oltin medali sohibi.

Eng yaxshi ayol kurashchi – Li Van Ting (Xitoy Taypeyi)

Vetnamning Danang shahrida o‘tkazilgan Osiyo sohil o‘yinlari va Xitoy Taypeyida o‘tkazilgan Sohil kurashi bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibasi

Eng yaxshi texnika – Suhrob Xudoyberdiev

Vetnamning Danang shahrida o‘tkazilgan Osiyo sohil o‘yinlari g‘olibi. Yarim final va final bahslarida o‘zining hayratlanarli va chiroyli usullarini namoyish etdi.

Eng yaxshi chempionat – Hindistonning Kochi shahrida o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi VIII Jahon chempionati

Hindistonning Kochi shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati va Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Kongressi assotsiatsiya bayrog‘i ostida Hindiston kurash assotsiatsiyasi va Kerala kurash assotsiatsiyasi hamkorligida jula yuqori darajada tashkil etildi.

Eng yaxshi hakam (erkaklar) –  Algimedez Ortiz Kruz (Dominikan Respublikasi)

Janubiy Koreyaning Chunju shahrida o‘tkazilgan Jang san’ati turlari festivali va Dominikan respublikasida o‘tkazilgan Panamerika chemptionatining eng muhim bahsralini yuqori darajada boshqardi.  

Eng yaxshi hakam (ayollar) –  Xenriett Moller (JAR)

Janubiy Koreyaning Chunju shahrida o‘tkazilgan Jang san’ati turlari festivalining ng muhim bahsralini yuqori darajada boshqardi.

Eng yaxshi murabbiy – Sun Jun Kyun (Koreya terma jamoasi murabbiyi)

Janubiy Koreya terma jamoasi Janubiy Koreyaning Chunju shahrida o‘tkazilgan Jang san’ati turlari festivalida 4 ta oltin shuncha kumush va shuncha bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eng yaxshi kurash assotsiatsiyasi – Kongo Respublikasi

Kongo kurash Assotsiatsiyasi yil davomida ko‘plab musobaqalar, mashg‘ulot lagerlari, hakamlik va o‘quv mashg‘ulot yig‘inlari va eng muhimi Brazzavilda yuqori darajada o‘tkazilgan Afrika chempionati mahalliy va hududiy OAV faol darajada yoritildi shuningdek, stadionlarga ko‘plab muxlislarni jalb qila oldi.

Eng yaxshi mintaqaviy federatsiya – Panamerika Kurash Konfederatsiyasi

Panamerika Kurash Konfederatsiyasi yil davomida ko‘plab musobaqalar va tashabbuslar va mashg‘ulot lagerlarini tashkillashtirdi. Shuningdek, AQSh, Venesuela, Chili, Dominikan Respublikasi va shu kabi bir qator mamlakatlarda kurash sport turini OAV va  facebook,  twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!