Xamesning otasi: Uning zaxirada qolayotganini ko‘rish men uchun og‘ir

  • 6 fevral, 2019, 14:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning otasi Uilson Rodriges o‘g‘lining “Yuventus”ga o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

Tecno

“Hozir u o‘zining faoliyatidan u qadar ham qoniqish xosil qilmayapti. Xames jim bo‘lib qoldi. “Yuventus” masalasiga keladigan bo‘lsak, Italiya futbolida ayni damda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni inobatga olsak bu yaxshi variant. Uni zaxira o‘rindig‘ida ko‘rish men uchun qiyin. Chunki, top darajadagi futbolchi maydonga tushishi shart! Uning kuchli tomonlaridan foydalanish kerak”, - deydi Uilson Rodriges.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi “Bavariya” safida 2017 yildan buyon ijara asosida to‘p surib kelmoqda. Yozda uning ijara muddati yakunlanadi va myunxenliklarda uning transferini 42 mln evro evaziga sotib olish huquqi mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!