
Xarri Keyn: JCh-2018dagi “Oltin to‘p” - katta natija
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn kecha yakunlangan JCh-2018da to‘purar bo‘lgani va “Oltin butsa” sovrinini qo‘lga kiritgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Ko‘pchilik jahon chempionatida “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgani bilan maqtana olmaydi, chunki bu katta natija. Evro-2016da muvaffaqiyatsizlikka uchraganimizdan so‘ng, o‘zimga o‘zim yirik turnirlarda yuqori darajada o‘ynay olishimni isbotlashga va’da berdim. Men buni uddalatim va bu natijamdan faxrlanaman”, - deydi 24 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Xarri Keyn turnir davomida 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar