Xarri Keyn Shveytsariyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

  • 11 sentabr, 2018, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn bugun Shveytsariyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yininda ishtirok etmaydi.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt shunday qarorga kelgan.

Ma’lumotlarga qaraganda Jek Batlend, Jeyms Tarkovski, Denni Rouz, Kayl Uoker, Trent Aleksandr-Arnold, Fabian Delf, Ruben Loftus-Chik hamda Denni Uelbeklar ham ushbu uchrashuvda ishtirok etishmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya – Shveytsariya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!