Xarri Keyn "Tottenxem" to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 09.01.2019 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha “Tottenxem” Angliya liga kubogi yarim finalida hamshahari “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu kuni o‘yin taqdirini hal qilgan golga 26-daqiqada Xarri Keyn mualliflik qildi. E’tiborlisi, 25 yoshli angliyalik futbolchi shu tariqa o‘zining “shporlar” safidagi gollari sonini 160taga etkazib oldi. U bu borada klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatidan 4-o‘ringa ham ko‘tarilib oldi.

“Tottenxem” tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida Keyndan yuqorida faqatgina Martin Chivers (174), Bobbi Smit (208) va Jimmi Grivzlar (266) borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!