Xaver Maskerano 7 yil deganda “Barselona” uchun ilk golini urdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Ispaniya chempionati 34 turida “Barselona” jamoasi o‘z maydonida “Osasuna”ni qabul qilib, 7:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Kataloniyaliklar himoyachisi Xaver Maskerano uchrashuvning 67-daqiqasida penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, “Barselona” uchun birinchi marta gol urdi. Bu tarixiy gol bo‘ldi.

Argentinalik futbolchi kataloniyaliklar safidagi ilk golini urish uchun uzoq vaqt kutdi. Buning  uchun Maskeranoga 7 yil yoki 319 o‘yin kerak bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi 2010 yili “Liverpul” klubida “Barselona” jamoasiga o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!