
Xorvatiya terma jamoasi JCh-2018da qo‘lga kiritgan 23 mln evro mukofot pulini qaerga sarflaydi?
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich o‘zining Facebook’dagi sahifasida JCh-2018da qo‘lga kiritilgan 23 mln evro mukofot puli mamlakatdagi bolalarni yozgi ta’tilda dengiz bo‘yida dam olishlarini tashkil etish uchun sarflanishini aytdi.
“Jamoaning barcha a’zolari JCh-2018da qo‘lga kiritishgan mukofot pullarini xorvatiyalik bolalar uchun maxsus fondga o‘tkazib berishadi. Bu fond umrida dengizni ko‘rmagan bolalar uchun yozgi ta’tilni tashkil etib berishadi. Bu bilan xorvatiyalik bolalar mamlakat qirg‘oqlarida kamida 7 kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu qo‘limizdan keladigan eng kichik narsa”, - deydi Dalich.
U shuningdek Xorvatiya hukumatida faoliyat olib borayotgan siyosatchilarni qattiq tanqid ostiga olgan. Mamlakat aholisining aksariyat qismi juda og‘ir ahvolda yashashini aytgan.
Fikrlar