
Xuan Mataning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi xavbeki Xuan Mataning qachon safga qaytishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Aytish lozimki ispaniyalik futbolchi kecha Evropa ligasi chorak finalida “Anderlext”ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda jarohat olgan edi. Mankuanliklar matbuot xizmatining xabar berishicha Mata jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazishi mumkin. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra Mata may oyining so‘nggiga qadar safga qaytolmaydi.
“Qizil iblislar” joriy mavsum premer-liganing so‘nggi uchrashuvini 21 may kuni o‘tkazishini hisobga olsak, Xuan Mata uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi ham mumkin.
Fikrlar