Xumoyun Minskda chorak finalga chiqdi
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, Belarus poytaxti Minsk shahrida “Fyuchers” turkumiga kirvuchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda hamyurtimiz Xumoyun Sultonov mezbonlar vakili Aleksandr Jgirovskiyga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 41 daqiqa davom etgan bellashuvda Xumoyun 7:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Juftlik bahslarida esa yana bir hamyurtimiz kecha o‘z o‘yinini o‘tkazdi. Saida’lo Saidkarimov kecha sherigi Doniyor Duldaev(Qirg‘iziston) bilan yarim final uchun kurash olib bordi. Ularga Vladislav Manafov va Yaraslav Shila dueti raqiblik qildi. 41 daqiqa davom etgan bahsda Saidkarimov va uning sherigi har ikki setni 1:6 hisobida boy berdi va turnirdagi yurishiga yakun yasadi.

Fikrlar