Yakkakurashchilarimiz “Alash Pride” turnirida ishtirok etadi
Joriy yilning 11-12 may kunlari Qozog‘istonning Almata shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha “Alash Pride” turniri bo‘lib o‘tadi.
Unda uch nafar yakkakurashchimiz ishtirok etib, yurtimiz sharafini himoya qiladi.
11 may kuni “Almaty Arena”dagi xalqaro professional janglarda Ahliddin Mirzadavlatov navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hozircha uning raqibi noma’lum bo‘lib turibdi.
12 may kuni “Royal Plaza” arenasidagi bellashuvlarda Azamat Nutfullaev (1-0-0) ringga chiqadi. Unga mazkur to‘qnashuvda mezbon sportchi Konstantin Mekulov raqiblik qiladi. Vakillarimiz ishtirokidagi yana bir qarama-qarshilikda Sulton Musaev qozog‘istonlik Diyor Nurgojay bilan kuch sinashadi.

Fikrlar