Yana uch nafar bokschimiz final uchun jang qiladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha "Gubernator kubogi" musobaqasida chorak final bosqichi yakunlandi.
Turnirning 64 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Iqboljon Xoldorov qirg‘izistonlik Bek Kamchibekovni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek chorak final bellashuvlarida Isroil Madrimov rossiyalik Ravshan Ergashevni, Bahodir Jalolov esa qozog‘istonlik Nurbolat Sermahanovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va o‘z vazn toifalarida yarim finalga chiqdi.

Fikrlar