Yarmolenko yarim yil "Vest Xem"ga yordam berolmaydi

  • 23.10.2018 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Vest Xem" klubi vingeri Andrey Yarmolenkoning jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli ukrainalik futbolchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan va endi u kamida 6 oy maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Yarmolenko “Vest Xem” safiga yozda Dortmundning “Borussiya” klubidan 20 mln evro evaziga sotib olingan edi. U joriy mavsum “bolg‘achilar” safida 10ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!