Yoaxim Lyov Germaniyaning Ispaniya va Braziliyaga qarshi kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

  • 16 mart, 2018, 22:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov yaqinlashib kelayotgan Ispaniya hamda Braziliyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari uchun quyidagi futbolchilarni jalb etdi:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Stegen («Barselona»), Bernd Leno («Bayer»), Kevin Trapp («PSJ»)

Himoyachilar: Djerom Boateng, Mats Xummels, Yozua Kimmix, Niklas Zyule (barchasi – «Bavariya»), Yonas Xektor («Keln»), Mattias Ginter («Borussiya» Menxengladbax), Antonio Ryudiger («Chelsi»), Marvin Plattenxardt («Gerta»);

Yarim himoyachilar: Toni Kroos («Real»), Mesut O‘zil («Arsenal»), Tomas Myuller, Sebastyan Rudi (ikkalasi – «Bavariya»), Sami Xedira («Yuventus»), Emre Jan («Liverpul»), Yulian Draksler («PSJ»), Ilkay Gyundogan («Manchester Siti»), Yulian Brandt («Bayer»), Leon Gorettska («Shalke»);

Hujumchilar: Mario Gomes («Shtutgart»), Leroy Sane («Manchester Siti»), Timo Verner («RB Leyptsig»), Sandro Vagner («Bavariya»), Lars Shtindl («Borussiya» Menxengladbax).

Ma’lumot uchun, Germaniya dastlab 23 mart kuni Ispaniyaga qarshi o‘yin o‘tkazsa, oradan 3 kun o‘tib Braziliya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!