Yoaxim Lyov rekord ostonasida
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Bundestimda o‘ziga hos rekord o‘rnatdi.
Gap shundaki, bugun Peruga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yini 58 yoshli mutaxassis uchun Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidagi 167-o‘yin bo‘ladi. E’tiborlisi, u bu borada rekordchi hisoblangan Zepp Gerbergerga tenglashib oldi.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, keyingi uchrashuv Lyov ismini Germaniya terma jamoasi tarixiga yozdirib qo‘yadi.
Fikrlar