Yosh bokschimiz Shohrux Ro‘ziboev yana g‘alaba qozondi
Qozog‘istonning Ayagoz shahrida yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha "Tuleutay Sulaymon" turniri ettinchi marotaba o‘tkazildi.
Mazkur musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida hamyurtimiz Shohrux Ro‘ziboev 46 kilogramm vaznda oltin medalni qo‘lga kiritdi. U final bahsida qozog‘istonli Erasul Sembekovni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Turnirda mamlakatimiz sharafini 44 kilogramm vaznda himoya qilgan G‘ani Murodqosimov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar