Yosh polvonlarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashishdi
9-12 avgust kunlari Eronnining Bojnurd shahrida Kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahlari o‘tkazildi. Qit’amizning eng sara yosh polvonlari yig‘ilgan ushbu musobaqaga 6 nafar hamyurtimiz yo‘l olgan.
Qayd etish lozim, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi tashabbusiga ko‘ra, bu yilgi bahslar faqat erkaklar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Ushbu musobaqada quyidagi sportchilarimiz g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin egallashdi.
-66 kg: Erkin Qozoqov – oltin;
- 73 kg: Maddiyor Erkinov – oltin;
-81 kg: Bunyod Tursunov – kumush;
+100 kg: Suhrob Egamberdiev – oltin.

Fikrlar