Yosh qilichbozimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

9 martgacha davom etadigan ushbu qit’a birinchiligida terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

E’tiborlisi, musobaqaning dastlabki kunlari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Sablya yo‘nalishida kechgan yakkalik bahslarida Sherzod Mamutov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan jangda Mamutovga terma jamoamizning boshqa bir vakili raqiblik qilgan.

Sportchimiz final ostonasida ancha tajribali hisoblangan yaponiyalik Tsubo Xayyatoga 12:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Musobaqa davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!