
Yuliya Jima hamda Skott Gou biatlon bo‘yicha yangi mavsumning ilk startida g‘olib bo‘lishdi
Avstriyaning Obbertilliax shahrida biatlon bo‘yicha yangi mavsum oldidan saralash musobaqasi o‘tkazildi. Bu start jahon kubogi bosqichlariga saralash maqomida o‘tib, sportchilarning holatini va ularning tayyogarligini ko‘zdan kechirib olish uchun ayni muddao.
Sprint yo‘nalishida kechgan bahslarning ayollar toifasida kechgan poygasida ukrainalik Yuliya Jima g‘alaba qozondi. Erkaklar o‘rtasida esa kanadalik Skott Gouning qo‘li baland keldi. Har ikki biatlonchi ham o‘q otish jarayonida birorta ham xatoga yo‘l qo‘yishmadi.
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsum bo‘yicha dastlabki rasmiy musobaqa 2 dekabr kuni Sloveniyaning Poklyuka shahrida boshlanadi.
Fikrlar