Yunon-rum kurashchilarimiz Zagrebdagi reyting musobaqasida beshta medalga sazovor bo‘lishdi

  • 11 fevral, 2019, 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

9-10 fevral kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasida reyting turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Musobaqa yakunlariga ko‘ra besh nafar sportchimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi:

-63 kg: Islomjon Bahromov (oltin)

-63 kg: Feruz To‘xtaev (bronza)

-67 kg: Elmurat Tasmuradov (oltin)

-97 kg: Jahongir Turdiev (bronza)

-130 kg: Mo‘minjon Abdullaev (kumush)

Sportchilarimiz ushbu musobaqa orqali Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ishlab olishdi.

Qayd etish lozimki, terma jamoamiz vakillari turnirda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Birinchi pog‘onadan Turkiya terma jamoasi joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka mezbon Xorvatiya terma jamoasi yakun yasadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!