
Yurgen Klopp: Hamma Alissonni qimmat sotib olganimizni aytmoqda, lekin u bundanda qimmatroqqa tushishi mumkin edi
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp braziliyalik Alissonning transferi borasidaga ba’zi gap-so‘zlarga nisbatan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Ko‘pchilik biz Alissonni qimmatga sotib olganimizni aytmoqda. Ammo, u bundanda qimmatroqqa tushishi mumkin edi. Masalan Oblakning narxi 100 mln evro. Darvozabon sotib olish – og‘ir jarayon. Chunki har yili ham bozorga yaxshi darvozabonlar chiqavermaydi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” Alisson uchun “Roma”ga 62,5 mln evro to‘ladi. Bu bilan esa braziliyalik futbolchini dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylantirdi.
Fikrlar