
"Yuventus" - "Real" bahsi Juneyt Chaqirga ishonib topshirildi
UEFA Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Yuventus” hamda “Real” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahs Juneyt Chaqir boshchiligidagi turkiyalik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi.
Aytish lozimki, “keksa sinora” ushbu hakam boshqargan 4ta bahsning 2tasida g‘alaba qozongan va 2tasida yutqazgan. Eslatib o‘tish kerakki, “Yuventus” 2015 yil EChL finalida “Barselona”ga qarshi o‘tkazgan o‘yinni ham aynan Chaqir boshqarib borgan edi.
U shuningdek “Real”ning 9tasini boshqargan. “Qirollik klubi” ushbu bahslarda 5ta g‘alaba, 2ta durang va 2ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” hamda “Real” o‘rtasidagi o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.
Fikrlar